Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Yaponiya avtomobillari haydovchidagi demensiyani rul burilishidan aniqlay oladi

Mazda, Subaru va Suzuki Eisai, Tsukuba universiteti hamda AIST bilan birga haydash uslubidan demensiya va kognitiv buzilishlarni aniqlaydigan tizimni patentladi.

20-noyabr, 00:46По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Ishlanma haydovchilarni kognitiv koʻrsatkichlari normal boʻlganlar, yengil kognitiv buzilishlari borlar va demensiyaga chalinganlar kabi uch guruhga ajratadi. Tahlilning asosiy koʻrsatkichlaridan biri — burilishlarda avtomobilning oʻzini tutishi.

Algoritm rul boshqarishning silliqligini baholaydi va trayektoriyaga tez-tez kiritiladigan kichik tuzatishlarni ehtimoliy buzilishlar bilan bogʻlashi mumkin. Shuningdek, tizim gaz va tormoz pedallaridan foydalanish, avtomobil tezligi va tezlanishi, boshqa mashinalargacha boʻlgan masofa hamda kameralar maʼlumotlarini tahlil qiladi. Loyihada avtomobil ishlab chiqaruvchilari Mazda, Subaru va Suzuki, farmatsevtika kompaniyasi Eisai, Tsukuba universiteti va AIST instituti ishtirok etmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media