Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Microsoft Windows korporativ kompyuterlarini fayllarni saqlagan holda masofadan bloklashni sinovdan oʻtkazmoqda

Microsoft yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan kompyuterni Intune orqali bloklash va undagi maʼlumotlarni saqlab qolish imkonini beruvchi Remote Lock funksiyasini sinovdan oʻtkazishni boshladi.

19-noyabr, 05:56По-русски

Read in English

3dnews.ru

Funksiya Windows 11’ning Beta va Experimental kanallari uchun moʻljallangan dastlabki yigʻilmalarida paydo boʻldi. U tashkilot tomonidan boshqariladigan, Enterprise, Education va Pro versiyalariga ega hamda Microsoft Entraʼga ulangan yoki qurilmalarni boshqarish tizimida roʻyxatdan oʻtgan qurilmalar uchun moʻljallangan.

Buyruq olingach, Windows faol seanslarni yakunlaydi va tizimga kirish usullarini yashiradi. Parol, PIN-kod yoki mahalliy administrator hisobi orqali blokdan chiqarish imkoni boʻlmaydi. Blokni administrator Intune orqali olib tashlashi mumkin. Bunda foydalanuvchi hisobi boshqa qurilmalarda ishlashda davom etadi.

Buyruq kompyuter boshqaruv serveriga navbatdagi ulanishni amalga oshirganda qoʻllanadi. Faollashtirilgach, bloklash kompyuter qayta yuklanganda ham va internet mavjud boʻlmaganda ham saqlanib qoladi. Administrator ekranga cheklov sababini va texnik yordam xodimlarining aloqa maʼlumotlarini ham chiqarishi mumkin.

Fayllar diskda qoladi, qurilma esa boshqaruv tizimiga ulanishni saqlab qoladi. Remote Lock shuningdek Windowsʼni tiklash muhitiga, xavfsiz rejimga va tashqi qurilmalardan yuklash imkoniyatiga kirishni ham saqlab qoladi. Disk chiqarib olingan taqdirda maʼlumotlarni himoya qilish uchun Microsoft BitLocker shifrlashidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media