Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Maddisonning GTA 6 strimi Twitchʼda mashhurlik boʻyicha ikkinchi boʻldi

Ilya Maddisonning HoneyMad kanalidagi GTA 6 translyatsiyasini qariyb 130 ming tomoshabin koʻrdi. U faqat braziliyalik alanzoka Ferreyraning efiridan ortda qoldi.

19-noyabr, 16:44По-русски

Read in English

championat.com

18 noyabr kuni GTA 6 erta chiqarilib, Yangi Zelandiyada foydalanish uchun taqdim etildi. Shundan soʻng blogerlar va strimerlar oʻyinni jonli efirda koʻrsata boshladi, Twitchʼdagi auditoriya esa toʻliq ishga tushirilishidan oldin 2,4 mln kishiga yetdi.

Tomoshabinlar qiziqishi boʻyicha birinchi oʻrinni braziliyalik kontent muallifi Alan alanzoka Ferreyra egalladi: uning efirini qariyb 260 ming kishi tomosha qildi. Eng mashhur oʻnta translyatsiya qatoridan evelone2004, Slava Buster, xQc, zarbex va boshqa strimerlarning efirlari ham joy oldi.

GTA 6’ning PS5 va Xbox Series uchun toʻliq relizi turli hududlarda 19 noyabr yarim tunda boʻlib oʻtadi. Hindistonda oʻyinni Moskva vaqti bilan 21:30 da ishga tushirish mumkin boʻladi, Turkiya akkauntlari egalari esa unga 00:01 da kira oladi. AQSh va Kanada aholisi eng oxirida — Moskva vaqti bilan 8:00 da — foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Metacritic agregatorida oʻyin 100 balldan 99 ball oldi. Bu butun tarixdagi eng yuqori baho boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media