Nio harorat −48 °C gacha tushadigan hududda batareya almashtirish stansiyasini oʻrnatdi
Nio harorat −48 °C gacha tushadigan Heihe shahrida akkumulyator almashtirish stansiyasini oʻrnatdi. Kompaniya texnologiya oʻta sovuqqa bardosh berishini aytdi.

Heihe — Xitoydagi okrug darajasidagi eng shimoliy shahar boʻlib, Rossiya bilan chegarada joylashgan. Qishda noldan past harorat yiliga taxminan 200 kun saqlanadi. Shahardan sovuq ob-havoda elektromobillar va quvvatlanadigan gibridlarni sinash uchun ham foydalaniladi.
Nio maʼlumotiga koʻra, stansiya issiqlikdan himoyalangan korpus va harorat nazorat qilinadigan alohida kameraga ega. Termoregulyatsiya tizimi sutka davomida ishlaydi va akkumulyatorlarni 15 dan 30 °C gacha boʻlgan diapazonda ushlab turadi. Kompaniya buni ayoz sabab quvvatlash tezligini pasaytirmaslik imkonini beradi, deb taʼkidlamoqda. Batareyani almashtirishdan oldin stansiyaning mexanik qismlari isitiladi.
Nio, Onvo va Firefly avtomobillari egalari mashinadan tushmasdan yoki sovuqda kutmasdan akkumulyatorni taxminan uch daqiqada almashtirishi mumkin. Nio harorat 50 °C gacha yetadigan Turpan shahrida ham stansiya oʻrnatdi. Kompaniya stansiyalari 100 °C haroratlar diapazonida ishlay olishini bildirmoqda.
2026 yil avgustida Nio Xitoyda akkumulyator almashtirishning beshinchi avlodiga mansub ilk stansiyani oʻrnatdi. U Firefly avtomobillarini qoʻllab-quvvatlaydi, almashtirishni 1 daqiqa 48 soniyada bajaradi va 28 ta akkumulyator blokini sigʻdira oladi. Bunday stansiya kuniga 500 tagacha almashtirishni amalga oshirishi mumkin.





