Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Medium sunʼiy intellekt va guruhlar uchun yopiq bloglarga ega TK ilovasini ishga tushirdi

TKʼda kundalik yuritish, sunʼiy intellekt yordamida oʻz qaydlaringizdan maʼlumot izlash va matnlarni tanlangan oʻquvchilar bilan boʻlishish mumkin. Ilova Medium akkauntiga ega foydalanuvchilar uchun allaqachon mavjud.

10-noyabr, 11:30По-русски

Read in English

theverge.com

Matnlarni nashr etish platformasi Medium qaydlar, kundaliklar va qoralamalar uchun alohida ilova — TKʼni chiqardi. Xizmat brauzerda, shuningdek iOS va Android qurilmalarida ishlaydi. Kompaniya kompyuterlar uchun alohida ilovani keyinroq chiqarishni rejalashtirmoqda.

Sunʼiy intellekt yordamchisi tahrirlovchiga oʻrnatilgan va @TK buyrugʻi orqali chaqiriladi. Undan avvalgi qaydlardan biror parchani topish, qoralamaga fikr bildirish yoki matndagi boʻsh joyni toʻldirishda yordam berishni soʻrash mumkin. Xizmat qaydlar toʻplamini qisqacha sharh va dastlabki yozuvlarga havolalar keltirilgan maʼlumotnoma sahifalariga aylantira oladi. TKʼga Mediumʼdagi nashrlar va Bear hamda Obsidianʼdagi qaydlarni koʻchirish, shaxsiy arxivni esa Markdown formatida yuklab olish mumkin.

Alohida qaydni havola yoki elektron pochta orqali ulashish mumkin. Ishtirokchilar matnni birgalikda tahrirlashi, izohlar va reaksiyalar qoldirishi mumkin. Doimiy guruhlar uchun Libraries nomli yopiq toʻplamlar moʻljallangan. Masalan, ularda retseptlar almashish, sheʼr qoralamalarini muhokama qilish yoki kitob ustida birgalikda ishlash mumkin. Bunday toʻplamlardagi qaydlar faqat ishtirokchilarga koʻrinadi.

Medium bosh direktori Toni Stablbayn The Verge nashriga bergan intervyusida TK ishga tushirilishini qidiruv tizimlaridan keladigan trafikning kamayishi bilan bogʻladi. Yopiq guruhlar mualliflarga oʻquvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi. Stablbaynning soʻzlariga koʻra, TK sahifalar koʻrilishini oʻlchamaydi va mualliflarni trafik uchun mukofotlamaydi. Kompaniya ilovaning ayrim funksiyalarini vaqt oʻtishi bilan Mediumʼning asosiy platformasiga koʻchirishni rejalashtirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media