Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Hyundai sedanlarni tark etmaydi

Hyundai sedanlarga sarmoya kiritishda davom etadi: kompaniya maqbul narxdagi avtomobillarga talab xaridorlarni bu segmentga qaytarayotganini aytmoqda.

24-noyabr, 13:33По-русски

Read in English

motor1.com

Hyundai Motor North America kompaniyasining mahsulotlarni rejalashtirish boʻyicha katta vitse-prezidenti Olabisi Boyle Los-Anjeles avtosalonida bergan intervyusida sedanlar uchun «har doim bozor boʻladi», dedi. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida xaridorlar narx maqbulligiga koʻproq eʼtibor bergani sabab ayrimlari yana sedanlarni tanlamoqda.

Hyundai yaqinda AQSh bozori uchun 2027 model yiliga moʻljallangan Elantraʼni taqdim etdi. Avtomobil avvalgisidan kattaroq boʻlib, Art of Steel uslubidagi dizayn va Pleos Connect multimedia platformasiga ega. Avval benzinli versiya sotuvga chiqadi: uning quvvati 147 ot kuchi deb baholanmoqda, transmissiyasi esa uzluksiz oʻzgaruvchan Intelligent Variable Transmission boʻladi.

Gibrid Elantra 2028 yilda paydo boʻladi. U avvalgi kuch qurilmasi sxemasini saqlab qoladi, biroq umumiy quvvati 155 ot kuchigacha oshiriladi. Aralash sikldagi eʼlon qilingan sarf 1 gallon uchun 53 milgacha boʻladi. Har ikki versiyaning narxi hozircha oshkor qilinmagan.

Hozir Hyundai ichki yonuv dvigateliga ega faqat ikkita model — Elantra va Sonataʼni sotmoqda. Ularning ikkalasi uchun ham gibrid variantlar mavjud.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media