Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

AQShda ishlab chiqarilgan ilk BMW elektromobili konveyerdan chiqmoqda

BMWning Janubiy Karolinadagi zavodida iX5 elektr krossoverini yigʻish boshlandi — bu AQShda ishlab chiqarilgan brendning ilk seriyali elektromobili. Hozir kuniga qariyb 70 ta avtomobil chiqarilmoqda.

20-noyabr, 03:34По-русски

Read in English

A.Krivonosov / speedme.ru

Yigʻish Spartanburgdagi korxonada benzinli, dizelli va gibrid X5 ishlab chiqarish bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Barcha versiyalar yagona arxitekturadan foydalanadi, shu bois ularni bir liniyada ishlab chiqarish mumkin.

BMW oʻn yillik oxirigacha iX5 ga AQShda yigʻiladigan yana beshta elektromobilni qoʻshishni rejalashtirmoqda. 2027 yilda kamida 100 000 ta iX5 chiqarish boʻyicha dastlabki maqsad 60 000 tagacha qayta koʻrib chiqildi. Kompaniya vakili yaqin orada X5 ishlab chiqarish hajmining taxminan 20–25 foizi elektr boʻlishini aytdi.

Krossover uchun akkumulyatorlarni Vudraffdagi yangi zavod yetkazib beradi. Tayyor batareyalar uchun dastlabki Gen6 silindrsimon elementlar Xitoydagi AESCdan xarid qilinadi, keyinroq AQShdagi BMW korxonalari uchun yacheykalar yetkazib beruvchisi LG Energy Solution boʻladi, Yevropa zavodlarini esa Samsung SDI taʼminlaydi.

Maʼlum qilingan xususiyatlarga koʻra, iX5 144 kVt·soat sigʻimli batareya bilan jihozlangan: 10 foizdan 80 foizgacha quvvatlash 22 daqiqa davom etadi, yurish masofasi 450 milgacha yetadi. Ikki elektromotor 570 ot kuchi va 594 funt-fut burovchi moment hosil qiladi. Narxi 79 800 dollardan boshlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media