id Software Hugo Martin rahbarligidagi yangi oʻyinni tasdiqladi
id Software yana Hugo Martin rahbarligidagi yangi oʻyinni ishlab chiqayotganini tasdiqladi. Studiya loyiha tafsilotlarini hozircha oshkor qilishga tayyor emas.

Oʻyin ishlab chiqilayotgani Sietldagi Xbox Fan Fest tadbirida maʼlum qilindi. Loyihani Texas va Frankfurtdagi id Software jamoalari yaratmoqda. Studiya tafsilotlar eʼlon qilinishiga qadar biroz vaqt oʻtishini bildirdi.
Shu bilan birga, id Software Doom: The Dark Ages uchun Slaughter Mode rejimini tayyorlamoqda. U 16-noyabrda Doom: The Dark Ages — Revelations qoʻshimchasiga ega foydalanuvchilar uchun bepul yangilanish sifatida chiqadi. Bu cheksiz, bir kishilik rejim.
Kompaniya yangi oʻyin Doomʼning davomi, Quake seriyasiga qaytish yoki mustaqil loyiha boʻlishini aniqlashtirmadi. Hozircha u qaysi platformalarda chiqishi va reliz qachon boʻlishi ham nomaʼlum.





