Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Linux tizimlariga qarshi hujumlarda SSH orqali kirishni chetlab oʻtish zaifligidan foydalanila boshlandi

GreyNoise Janubi-Sharqiy Osiyodagi test tizimlariga qilingan hujumlarni qayd etdi. OpenSSH uchun tuzatish 5 noyabrda chiqarilgan, biroq zaif konfiguratsiyaga ega qurilmalar ularga yangilanish oʻrnatilmaguncha xavf ostida qoladi.

10-noyabr, 12:51По-русски

Read in English

Derrick Coetzee from Berkeley, CA, USA / Wikimedia Commons

Tadqiqotchilar CVE-2026-123158 — Linuxʼning ayrim konfiguratsiyalarida SSH orqali parol autentifikatsiyasini chetlab oʻtishga imkon beradigan zaiflik — faol ravishda ekspluatatsiya qilinayotganini maʼlum qildi. Zaiflik OpenSSH serveri musl kutubxonasi bilan ishlaydigan va PAM qoʻllab-quvvatlashi oʻchirilgan tizimlarga taʼsir qiladi. Bunday konfiguratsiyalar, xususan, Alpine Linuxʼda uchraydi.

GreyNoise kompaniyasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi oʻz tuzoq tizimlariga qilingan hujumlarni aniqladi va ularni GT10 belgisi ostida kuzatiladigan guruh bilan bogʻladi. Tadqiqotchilarning maʼlumotlariga koʻra, hujumchilar kirish huquqini qoʻlga kiritgach, tizimda masofadan buyruqlar bajarish va unda mustahkamlanib olish imkonini beradigan TAC Agent backdorini oʻrnatgan.

Ekspluatatsiya haqida watchTowr va Previdian ham xabar berdi. Birinchi kompaniya faoliyatning bir qismini botnetlar va kriptovalyuta bilan bogʻladi. Previdian sensorlari 13 ta IP-manzildan amalga oshirilgan 20 ta urinishni qayd etdi, ularning geolokatsiyasi toʻqqizta mamlakatni koʻrsatgan.

Portable OpenSSH ishlab chiquvchilari 10.6p2 versiyasida tuzatish chiqardi. Alpine Linux uchun paket yangilanishlari ham mavjud. Taʼsirlangan tizimlar maʼmurlari oʻz distributivi branchi uchun tuzatishni oʻrnatishi va SSH xizmatini qayta ishga tushirishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media