Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Oracle hamrahboshqaruvchisi: data-markazlarni targʻib qilish «klassik xato»

Oracle hamrahboshqaruvchisi Mayk Sitsiliya IT-kompaniyalar shaharlarni data-markazlarni qabul qilishga koʻndirish usulini «klassik xato» dedi. Uningcha, soha aholi ishonchini qozona olmadi.

19-noyabr, 04:08По-русски

Read in English

fortune.com

Bayonot Detroyt shahrida oʻtgan Fortune 500 Innovation Forumida yangradi. Unda biznes va sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun infratuzilmaga investitsiyalar asosiy mavzulardan biri boʻldi.

Sitsiliya kompaniyalar loyihalarni taqdim etish uchun bosh ofislari vakillarini shaharlarga yuborgan amaliyotni tanqid qildi. Uning fikricha, bunday yondashuv mahalliy aholi koʻmagini olishga yordam bermaydi.

Data-markazlar qurilishidan norozilik mahalliy ovoz berishlarda allaqachon namoyon boʻldi: saylovchilar bunday loyihalarga katta farq bilan qarshi chiqdi. Tanqid sabablari qatorida elektr energiyasi xarajatlari, suv sarfi va bandlikka taʼsir tilga olindi. Mumkin boʻlgan choralar ham muhokama qilindi: qurilishni vaqtincha toʻxtatishdan tortib, kompaniyalar ehtiyoji uchun elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish xarajatlarini toʻlash haqidagi talablargacha.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media