Google texnologik uzilishlar trendiga qoʻshilib, oʻzida bunday uzilishlar yoʻqligini aytdi
Google Xʼda foydalanuvchilar ehtimoliy uzilish haqida xabar bergach, Gmailʼda keng koʻlamli uzilishlar yoʻqligini maʼlum qildi.

Kompaniya Gmailʼda keng koʻlamli uzilish alomatlarini aniqlamaganini bildirib, servisning yangilanib turadigan holat sahifasini eslatdi. Bu bayonot Xʼdagi xabarlar fonida berildi: ayrim foydalanuvchilar muammolar haqida yozgan, boshqalari esa ularni sezmaganini aytgan. Taxminan shu paytda Appleʼda tasdiqlangan uzilishlar qayd etildi.
Taxminlarga koʻra, mish-mishlarga Downdetectorʼdagi post sabab boʻlgan. Bu sayt foydalanuvchilar xabarlarini yigʻadi, biroq internetdagi uzilishlar koʻlamini baholash uchun rasmiy manba hisoblanmaydi. Soʻnggi bir hafta ichida Microsoft, banklar va aviakompaniyalar ham uzilishlar haqida xabar berdi, FAA tarmogʻidagi nosozlik esa butun mamlakat boʻylab parvozlarning toʻxtashiga olib keldi.
AQSh Milliy razvedka direktori Jey Kleyton hozircha muvofiqlashtirilgan kiberhujum yoki davlat harakatlari alomatlari yoʻqligini aytdi. U muammolar soni koʻpayganini tizimlarning keng koʻlamli yangilanishi va patchlar oʻrnatilgani bilan bogʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi AI modellari ilgari nomaʼlum zaifliklarni aniqlashga yordam bermoqda, shu sabab ayrim tizimlar yangilanishlardan keyin kutilganidek ishlashga qaytmayapti.





