Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Xbox Wolfenstein 3’ni eʼlon qildi

Xbox MachineGamesʼning seriyadagi navbatdagi oʻyini Wolfenstein 3’ni eʼlon qildi. Studiya loyiha ishlab chiqilayotganini aytdi, biroq chiqish sanasini maʼlum qilmadi.

14-noyabr, 01:07По-русски

Read in English

theverge.com

Yangi oʻyin haqida Xbox bosh direktori Asha Sharma xabar berdi. U loyiha nomi va ssenariy sahifasi fotosuratini eʼlon qilib, tafsilotlarni keyinroq ulashishga umid qilayotganini qoʻshimcha qildi.

MachineGames Wolfenstein 3’ni ishlab chiqilayotgan oʻyin sifatida taqdim etdi va harakatlarni qayd etish sessiyasidan olingan suratni joyladi. Loyihada bosh qahramon Uilyam Jozef «B.J.» Blaskovits rolini ijro etuvchi Brayan Blum hamda Greys Uoker rolini oʻynaydigan Debra Uilson yana paydo boʻladi. Ehtimol, ular eʼlon qilingan suratda tasvirlangan.

Seriyaning avvalgi asosiy qismi — Wolfenstein II: The New Colossus — 2017 yilda chiqqan. Unda Blaskovitsning muqobil 1960-yillardagi hikoyasi davom ettirilgan: bu voqelikda fashistlar Germaniyasi Ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozongan. 2019 yilda Blaskovitsning qizlari haqida hikoya qiluvchi kooperativ spin-off Wolfenstein: Youngblood ham chiqqan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media