Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirdi

GTA 6’ning chiqarilishi fonida GitHub 58 000 ta «yulduz» toʻplagan AnyPS5 repozitoriysini taʼkidladi va oʻyinlarni boshqa qurilmalarga port qilish qonunni buzmasmikan, deb soʻradi. Post oʻchirildi.

27-noyabr, 10:43По-русски

Read in English

ign.com

Microsoftʼga tegishli platforma avval obunachilarni GTA 6’ning chiqishi va AnyPS5 repozitoriysi 58 000 ta «yulduz» marrasiga yetgani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga port qilishning qonuniyligi haqida ham savol berildi.

Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik haqidagi xabari aks etgan video biriktirildi. Shu sababli post oʻyinni norasmiy ravishda kompyuterda ishga tushirishga urinishlarni ragʻbatlantirayotgandek koʻrinishi mumkin edi. Hozir GTA 6 rasman faqat PS5 hamda Xbox Series X va Sʼda mavjud.

Take-Two oʻyinni kompyuterga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq, uy sharoitida ishlab chiqilgan loyihalarni GitHubʼdan olib tashlashni talab qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizib chiqqan yigʻilmaning ehtimoliy qayta tiklanishi va emulyatsiyasini kuzatmoqda.

Take-Two rahbari Shtraus Zelnick avvalroq kompaniya sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan teskari muhandislikka qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiyroq muammoga aylanishi mumkin, biroq biznes vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media