Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Yevrokomissiya onlayn foydalanuvchilarni manipulyatsiya qilishni taqiqlashni taklif qildi

Yevrokomissiya onlayn platformalarga foydalanuvchilarni manipulyatsiya qilishni taqiqlovchi Digital Fairness Act loyihasini taqdim etdi. Uni YI qonunchilari tasdiqlashi kerak.

12-noyabr, 14:39По-русски

Read in English

Источник изображения: Solen Feyissa/Unsplash / cdn.3dnews.ru

Loyiha ijtimoiy tarmoqlar, internet-doʻkonlar va generativ sunʼiy intellekt asosidagi chat-botlarga taalluqli. Qabul qilinsa, platformalar foydalanuvchi eʼtiborini ushlab turish va qaramlikni shakllantirishga qaratilgan interfeys funksiyalarini butunlay oʻchirib qoʻyish imkoniyatini qoʻshishi kerak boʻladi.

Tashabbus, shuningdek, odamni istamagan harakatga undaydigan «dark patterns» — manipulyativ usullarni ham taqiqlaydi. Misollar qatorida pulli obunani bekor qilish jarayonini ataylab murakkablashtirish va tovar tez orada sotuvdan yoʻqolishi haqidagi yolgʻon xabarlar keltirilgan. Algoritmlari foydalanuvchini ataylab haddan tashqari uzoq muloqotda ushlab tursa, cheklovlar sunʼiy intellekt botlariga ham taalluqli boʻlishi mumkin.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Yevrokomissar Maykl Makgrat tovar yoki xizmat tanqisligi haqidagi ishonchsiz xabarlarni yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan manipulyatsiya deb hisoblash kerakligini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Hujjat Yevrokomissiyaning vakolatlarini kengaytiradi: taqiqlangan amaliyotlar Yevropa Ittifoqi aholisining kamida uchdan ikki qismiga taʼsir qilsa, komissiya qoidabuzarlarni mustaqil ravishda jazolashi mumkin boʻladi. Ogʻir holatlarda korporatsiyalar uchun eng katta jarima jahon boʻyicha yillik aylanmaning 6 foizini tashkil etadi. Kichik biznes esa bevosita nazoratdan ozod qilinadi.

Loyiha hali Yevropa qonunchilari tomonidan koʻrib chiqilib, tasdiqlanishi kerak. Shu sababli qonun kuchga kirguniga qadar uning mazmuni oʻzgarishi mumkin.