Flipper One — Ethernet va Wi-Fi 6Eʼga ega choʻntak Linux-kompyuteri
Flipper Devices Kickstarterʼda kampaniya boshladi: Flipper Oneʼni 399 dollarga buyurtma qilish mumkin, xaridorlarga joʻnatishni esa 2027-yil iyulida boshlash kutilmoqda.

Flipper One — Linux asosidagi choʻntak kompyuteri boʻlib, kompaniya uni yuqori unumli hisoblash va IP-tarmoqlar bilan ishlash uchun moʻljallangan koʻp funksiyali vosita sifatida taqdim etmoqda. Bu alohida mahsulot, Flipper Zeroʻning vorisi emas.
Qurilma NPU va GPUʼga ega sakkiz yadroli ARM RK3576 protsessori bilan jihozlangan. Interfeyslar qatoridan ikkita gigabit Ethernet porti, PCIe, SATA va USB 3.0, shuningdek, Wi-Fi 6E qoʻllab-quvvatlashi oʻrin olgan. M.2 slotiga turli modullarni, jumladan 5G-modem va mesh-tarmoqlar uchun LoRa radiomodulini oʻrnatish mumkin.
Flipper One ochiq proshivkaga ega Debian Linux asosidagi Flipper OS tizimida ishlaydi. Foydalanuvchilar qurilma uchun oʻz ilovalari va vositalarini ishlab chiqishlari mumkin boʻladi. Kompyuterni USB-C yoki HDMI orqali tashqi displeyga ulash mumkin; kompaniya undan tarmoqlarni diagnostika qilish va televizorda media kontentini ijro etish uchun foydalanish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.





