Disney+ Meta Quest garnituralari uchun 60 dan ortiq filmni 3D formatda qoʻshdi
Meta Quest garnituralari uchun yangilangan Disney+ ilovasida «Qasoskorlar», «Qora pantera» va boshqa filmlarning 3D versiyalari paydo boʻldi. Ayrim filmlar uchun ularning uslubida bezatilgan virtual zallar ham mavjud.

3D-filmlar Disney+ obunasiga kiradi. Ulardan foydalanish imkoniyati hudud va tarifga bogʻliq. Engadget xabariga koʻra, ilova Dolby Vision va Dolby Atmos texnologiyalarini ham qoʻllab-quvvatlaydi.
«Yulduzlar jangi: Yangi umid» filmini tomosha qilayotganda, tomoshabinlar Tatuin sayyorasi uslubidagi virtual muhitni tanlashlari mumkin. «Maxluqlar korporatsiyasi» uchun qoʻrquv sexi, «Qasoskorlar» uchun esa Qasoskorlar minorasi qayta yaratilgan.
Meta 2027-yil bahorida VR Glasses garniturasini chiqarishni rejalashtirmoqda. The Verge maʼlumotiga koʻra, Disney+ unda ayrim filmlarni IMAX Enhanced formatida, jumladan «Qasoskorlar: Final», «Bazz Layter» va «Tron: Ares» filmlarini namoyish etadi. Ushbu garnitura uchun Lionsgate kompaniyasining 3D-filmlari ham eʼlon qilingan.





