Genesis G80 va GV80 500 mildan ortiq yurish zaxirasiga ega gibrid versiyalar oladi
Genesis G80 gibrid sedani va GV80 gibrid krossoverini taqdim etdi. Har ikki model 500 mildan ortiq deb eʼlon qilingan yurish zaxirasiga ega.

Yangi modellar Genesisʼning ilk gibrid avtomobillaridir. Har ikkala modelga turbo dvigatelli 2,5 litrli toʻrt silindrli dvigatel va ikkita elektromotor oʻrnatilgan. Tizim 347 ot kuchi va 391 funt-fut burama moment ishlab chiqaradi, quvvat esa yetti pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi orqali uzatiladi. Modellar uchun mavjud 3,5 litrli turbo V6 ham xuddi shuncha burama moment beradi.
Hyundai Motor Group avtomobillari orasida ilk bor gibrid tizim suyuqlik bilan sovitiladigan batareyaga ega boʻldi. Genesis maʼlumotiga koʻra, bu havo bilan sovitishga nisbatan haroratni boshqarish va issiqlik samaradorligini yaxshilaydi, shuningdek, akkumulyatorning mavjud quvvatidan faolroq foydalanish imkonini beradi.
Genesis benzinli versiyalarga nisbatan yoqilgʻi samaradorligi G80’da 30 foizga, GV80’da esa 24 foizga oshishini kutmoqda. Aniq yurish zaxirasi hozircha aytilmagan: kompaniya bu koʻrsatkich 500 mildan ortiq boʻlishini bildirgan. Avtomobillar uchun qavima naqshli Nappa terisi, Black Ash yogʻoch bezagi va Bang & Olufsen premium audio tizimi taklif etiladi.
Gibrid versiyalar narxi hozircha oshkor qilinmadi. Genesis ularni ishlab chiqarish boshlanishiga yaqin — kelasi yil boshida — maʼlum qilishini vaʼda qilmoqda.





