Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Valve Counter-Strike 2 uchun Cobblestone xaritasining qishki variantini chiqardi

Valve Counter-Strike 2’ga Cobblestoneʼning qishki variantini qoʻshdi. Xarita bir nechta rejimda mavjud, ammo hozircha turnir xaritalari roʻyxatiga kiritilmagan.

19-noyabr, 05:11По-русски

Read in English

championat.com

Yangilangan lokatsiya shuterning amaldagi versiyasida ilk bor paydo boʻldi. Undagi qor «Molotov kokteyllari» olovidan erishi mumkin, yoʻlaklar va pozitsiyalar joylashuvi esa oʻzgargan — oʻyinchilar xaritani qaytadan oʻzlashtirishiga toʻgʻri keladi.

Qishki Cobblestone raqobatbardosh va oddiy rejimlarda, «Juftliklar», «Oʻlimgacha jang» hamda «Reteyklar»da mavjud. Shu bilan birga, Boulder, Fachwerk va Shelter xaritalari rasmiy oʻyinlar toʻplamidan olib tashlandi.

Yangilanishga Monstercatʼdan sakkizta musiqiy toʻplam ham kirdi. Ularda MVP madhiyasini oldindan tinglash imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar nishonga olish paytida boshning egilish animatsiyalarini tuzatdi. «Reteyk»da oʻyinchilarga sapyor toʻplamlari berilmay qolishiga sabab boʻlgan xato ham bartaraf etildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media