Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

GTA 6 festivali Mayamida Travis Scott va Cardi B ishtirokida oʻtkaziladi

Rockstar Games GTA 6 chiqishiga bagʻishlangan festivalni eʼlon qildi. Bir kunlik tadbir oʻyin relizidan ikki kun oʻtib, 21-noyabr kuni Mayamida boʻlib oʻtadi.

10-noyabr, 15:32По-русски
nme.com

The Festival Mana Wynwood maydonida boʻlib oʻtadi. Ikki sahnada Justice, Ca7riel & Paco Amoroso, Don Toliver, Metro Boomin, Kodak Black va SoFaygo, shuningdek, oʻyin va uning rasmiy saundtreki bilan bogʻliq boshqa sanʼatkorlar chiqish qiladi. Justice musiqiy hamrohlikni yaratishda qatnashgan va unda bir nechta kompozitsiya yozgan.

Tungi dasturda Nick León B2B DJ Python, Prospa B2B Skream, Rauw & Friends va The Dare B2B Fcukersning didjey setlari bor. Chiptalar oldindan sotuv lotereyasi orqali taqsimlanadi: tanlab olingan ishtirokchilar ularni alohida sotib olishlari mumkin.

Grand Theft Auto 6 relizi 19-noyabrga rejalashtirilgan. Oʻyin bilan bir vaqtda taniqli ijrochilarning yangi treklari jamlangan albom chiqadi, oʻyin ichidagi radiostansiyalar esa kengaytirilgan musiqiy tanlovga ega boʻladi. Rockstar bir nechta stansiya va ularning boshlovchilarini ham maʼlum qildi: Cocoteo FMni Bad Bunny, The Chamber 106.6ni Slayer guruhidan Kerry King va Tom Araya, Back Country Radioni Lana Del Rey va Jeremy Dufrene, AfroBank FMni Burna Boy, Flash FMni esa Robyn olib boradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media