Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Deus Ex yaratuvchisi GTA 6 budjetini industriya uchun andoza qilmaslikka chaqirdi

Deus Ex yaratuvchisi Uorren Spektor GTA 6’ning milliard dollarlik budjeti industriya uchun andoza boʻlmasligi kerak, deydi. U yuzlab oʻyin va ishlab chiquvchilarning toʻliq bandligini afzal koʻrardi.

20-noyabr, 13:06По-русски

Read in English

habr.com

Spektor LinkedInʼdagi postida Rockstarʼni GTA 6 muvaffaqiyati bilan tabriklab, oʻyinni industriya choʻqqisi boʻlishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, bir milliard dollarlik ishlab chiqish xarajatlari va katta marketing xarajatlari, ayniqsa geymdevdagi ishdan boʻshatishlar fonida, boshqa nashriyotlar uchun moʻljal boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi.

Uning fikricha, xuddi shu resurslar oʻnlab va yuzlab loyihalarni qoʻllab-quvvatlab, ancha koʻp mutaxassisni ish bilan taʼminlashi mumkin edi. Spektor, shuningdek, muhim oʻyinlar dastlabki muddat va budjetga kamdan-kam sigʻishini qayd etdi: jamoalarga rejani amalga oshirish uchun vaqt zaxirasi va qoʻshimcha mablagʻ kerak, xom mahsulotni erta chiqarish esa muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.

Spektor bunga GTA 6’ning oʻzini misol qilib keltiradi — uning koʻlami va muddatining koʻchirilishi oldindan belgilangan doiralarda ambitsiyali blokbaster yaratish qanchalik murakkabligini koʻrsatadi. U dadil gʻoyalar va innovatsiyalar qadrini inkor etmaydi, biroq GTA 6 shunday formatdagi soʻnggi oʻyin boʻlishiga umid qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media