Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

Nilufar poyalari va bakteriyalar suv bugʻlanishida ishlaydigan generator yaratishga yordam berdi

Qurilma bir oydan koʻproq vaqt davomida uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqardi va bir nechta portativ elektron qurilmani quvvatlay oldi.

18-noyabr, 10:34По-русски

Read in English

3dnews.ru

Xitoylik olimlar suvning bugʻlanish energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan kam quvvatli generatorni ishlab chiqdilar. Texnologiya asosida nilufar poyalari, elektr jihatdan faol bakteriyalar va gʻovak elektrodlar yotadi. Qurilma gidrovoltaika yoʻnalishiga mansub boʻlib, bu yoʻnalish suvning materiallar bilan oʻzaro taʼsiri orqali energiya olishni oʻrganadi.

Tadqiqotchilar suv va ionlarning yoʻnaltirilgan harakatini taʼminlaydigan nilufar poyalarining ichi boʻsh mikrokanallaridan foydalandilar. Ularning ichida tashqi muhitga elektron uzata oladigan Geobacter sulfurreducens bakteriyalaridan bioqoplama hosil qilindi. Bu oʻtkazuvchanlik va zaryadlar koʻchishini yaxshilab, suv bugʻlanganda elektr toki olish imkonini berdi.

Bitta generator 1,48 V kuchlanish va 0,73 mA gacha tok hosil qildi, uning barqaror ishlashi esa 30 kundan ortiq davom etdi. Qurilmani koʻpaytirish imkoniyatini tekshirish uchun olimlar 256 ta qurilmadan iborat matritsa yigʻdilar. U elektron soatni yoritgichi bilan, kalkulyatorni, elektron siyohli displeyni va mobil telefonni quvvatlay oldi.

Ishlanma atrof-muhit va qishloq xoʻjaligini monitoring qilishda foydalaniladigan avtonom sensorlar uchun istiqbolli energiya manbai sifatida baholanmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media