Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

GTA 6 Metacriticʼda 99 ball bilan oʻyinlar reytingida yetakchilik qildi

Grand Theft Auto 6 Metacriticʼda 99 ball oldi va agregatorga koʻra, eng yaxshi oʻyinlar reytingida The Legend of Zelda: Ocarina of Timeʼni ortda qoldirdi.

19-noyabr, 13:37По-русски

Read in English

polygon.com

Grand Theft Auto 6 Metacritic reytingida The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan bir xil baho olib, yetakchilik qildi. Nashr oʻyinning haqiqiy natijasi yashirin oʻnli qiymatlar sabab biroz yuqoriroq boʻlishi mumkinligini qayd etadi. OpenCriticʼda loyiha 98 ball oldi.

Deyarli barcha taqrizchilar oʻyinga eng yuqori bahoni berib, uning koʻlami, realizmi va olami puxta ishlanganini alohida taʼkidladilar. Ular kuchli jihatlar qatorida bosh qahramonlar — Jeyson va Lyusiya — oʻrtasidagi munosabatlarni, shuningdek, seriyaning dastlabki oʻyinlariga qaraganda yetukroq ohangni qayd etishdi. Taqrizchilarga koʻra, loyiha jinoiy syujet, shahar simulyatsiyasi va boshqa janr elementlarini uygʻunlashtiradi, biroq murakkab tizimlar hamda boshqaruvga koʻnikish talab qilinishi mumkin.

Kam sonli ehtiyotkor baholardan birini ScreenHubʼdan Alisa Klark berdi — u oʻyinga besh yulduzdan toʻrt yulduz qoʻydi. Uning fikricha, dastlabki soatlar sust kechadi va kutilgan natijani darhol oqlamaydi. Boshqa taqrizchi Jovanni Kolantonio esa, aksincha, boshlangʻich qismni hikoyaning hissiy va siyosiy jihatlari uchun muhim deb atadi.

Grand Theft Auto 6’ning relizi 18-noyabrga PlayStation 5 va Xbox Series X uchun rejalashtirilgan. Manbada, shuningdek, oʻyin Yangi Zelandiyada allaqachon mavjud ekani aytilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media