Apple iPhoneʼda Androidʼni ishga tushiruvchi Andariumni App Storeʼdan olib tashladi
Apple iPhone va iPadʼda Androidʼni ishga tushirgan Andariumni App Storeʼdan olib tashladi. Ishlab chiquvchi loyihani mustaqil oʻrnatish uchun GitHubʼga joylashtirdi.

Andarium Android 17’li LineageOS asosida ishlagan. “Fayllar” orqali foydalanuvchilar APK oʻrnatishi, virtual mashinaga protsessor resurslari va operativ xotira ajratishi, holat nusxalarini saqlashi, tizimni sensorli ekran yoki tashqi qurilmalar orqali boshqarishi mumkin edi. Bulutli xizmatlardan farqli ravishda, hisoblashlar bevosita qurilmada bajarilgan.
Ilova yaratuvchisining soʻzlariga koʻra, Apple App Store qoidalarining 2.5.2 va 1.1-bandlariga tayangan. Eʼtirozlar, jumladan, iOS qurilmalarida Androidʼni ishga tushirishga ham taalluqli boʻlgan. Olib tashlanishidan oldin ishlab chiquvchi rasmiy ogohlantirish olgan.
Ilova ishlashi uchun kamida Apple A14 SoC talab qilingan. Sinovlarda vaqti-vaqti bilan sekinlashishlar va operativ xotira yetishmasligi aniqlangan, ilova fon rejimiga oʻtganda esa virtual mashina faoliyati toʻxtatilgan. Manba kodi va mustaqil oʻrnatish uchun versiyalar endi GitHubʼda mavjud. Loyiha Apple protsessorlari uchun moslashtirilgan Arm Linux yadrosi, ilovalar emulyatsiyasi va grafikani oʻzgartirish qatlamidan ham foydalanadi. Ishlab chiquvchi bu komponentni Kernarium nomi ostida alohida tarqatadi.





