2027 yilning yetakchi elektromobili aniqlandi
EX60 Carwow mukofotida «Yil avtomobili» deb topildi va «Ajoyib elektromobil» nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Hakamlar uning yurish zaxirasini ham alohida qayd etdi.

Hakamlar EX60 modelining skandinavcha uslubi, qulay va minimalist saloni hamda oilalar uchun amaliy ekanini taʼkidladi. Elektromobilning yuqori komplektatsiyasi bir quvvatlashda 503 mil, yaʼni taxminan 809 kilometr yoʻl bosadi. Carwow bu darajadagi uzoq yurish zaxirasi premium segmentda hozircha kam uchrashini qayd etdi.
Carwow rahbari Mett Uotson EX60’ni mavjud elektromobillar orasidagi eng yaxshi model deb atadi. Uning baholashicha, avtomobil Volvoʻga xos yechimlarni qulay oʻrindiqlar va yaxshi boshqariluvchanlik bilan uygʻunlashtiradi: u notekis yoʻllarda yumshoqligini saqlaydi va burilishlarda chaqqon qoladi. Uotson, shuningdek, model bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻnalishda mezonni oshiradi, deb hisoblaydi.
«Yil brendi» mukofoti BYDʼga berildi. Hakamlar kompaniya model qatorining tez kengayayotganini qayd etdi, Flash Charging texnologiyasi esa Tech Trailblazer nominatsiyasida gʻolib boʻldi: uning quvvati 1 500 kVt gacha yetadi. Geely Galaxy Cruiser va EX5 elektr krossoveri uchun mukofotlarga sazovor boʻldi. Mukofot marosimida jami 14 ta mukofot topshirildi; boshqa gʻoliblar qatorida Porsche 911 GT3 S/C va Pagani Huayra Codalunga Speedster ham bor.





