Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Bukmekerlar «GTA 6» bugun kechqurun PlayStation va Xboxʼni ishdan chiqarishiga pul tikmoqda

BetOnline bahosiga koʻra, «GTA 6» yarim tunda ishga tushirilgach, PlayStation yoki Xboxʼda nosozlik yuz berishi ehtimoli 83%. Ikkala kompaniya ham oʻyinni oldindan yuklashga chaqirdi.

19-noyabr, 18:51По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Yuklab olish hajmi taxminan 212 GB boʻladi. «GTA 6» PlayStation Store va Microsoft Store tarixidagi eng koʻp oldindan buyurtma qilingan oʻyinga aylandi. Shu sabab platformalar ishga tushirilishidan toʻqqiz kun oldin oldindan yuklashni boshlashga ruxsat berdi.

Yuklab olingach, bir oʻyinchili rejim serverlarga ulanmasdan ishlashi kerak. Biroq oʻyinni faollashtirish, PlayStation akkauntlariga kirish va bulutli striming tizimga, ayniqsa koʻplab oʻyinchilar buni reliz kuni amalga oshirsa, katta yuklama berishi mumkin.

Internet-provayderlar ham alohida tor joyga aylanishi mumkin. Comcast oldindan yuklashning dastlabki 48 soatini oʻz tarmogʻi tarixidagi eng yirik yagona hodisa deb atadi va 19 noyabr kuni internet-trafik rekord darajaga yetishini kutmoqda.

PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollari hozircha AQShdagi yirik chakana savdo doʻkonlari — Target, Walmart va Best Buyʼda sotuvda bor. Ammo yirik doʻkonlardan biridagi manba komponentlar mavjudligi bilan bogʻliq muammolar sabab yil oxiriga borib konsollarga boʻlgan talab taklifdan oshib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media