Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

PlayStation The Witcher 4 boʻyicha marketing kelishuvini imzoladi

CD Projekt Red Sony Interactive Entertainment bilan The Witcher 4 marketingi va studiya oʻyinlarining PlayStation hamda PlayStation Plusʼdagi ishtiroki boʻyicha kelishuv tuzdi.

25-noyabr, 16:55По-русски

Read in English

ign.com

Studiya kelishuv haqida moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotida maʼlum qildi. U The Witcher 4 boʻlajak marketing kampaniyasi ustida birgalikda ishlash, shuningdek, CD Projekt Red oʻyinlarini PlayStation konsollarida va PlayStation Plus obunasida joylashtirishni oʻz ichiga oladi.

CD Projekt Red moliya direktori Pyotr Nelyubovich hamkorlik joriy va keyingi yillarda kompaniyaning biznesi hamda moliyaviy koʻrsatkichlarini qoʻllab-quvvatlashi kerakligini aytdi. PlayStation Plus katalogida aynan qaysi oʻyinlar paydo boʻlishi va kampaniya qachon boshlanishi aniqlashtirilmagan. The Witcher 4 hozircha 2028 yilda chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media