Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Yangi Nuvolari Audi tarixidagi eng qimmat superkarlardan biri boʻladi

Audi Nuvolari superkari 1001 ot kuchli gibrid qurilma bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 2,6 soniyada chiqadi.

13-noyabr, 17:41По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Kuch qurilmasi tarkibiga quvvati 800 ot kuchigacha yetadigan toʻrt litrli biturbo dvigatel kiradi. Unga uchta aksial elektromotor yordam beradi, tizimning umumiy quvvati esa 1001 ot kuchiga yetadi. Avtomobilning maksimal tezligi 350 km/soatdan oshadi.

Nuvolari sakkiz pogʻonali, ikki muftali avtomatik uzatmalar qutisi va quattro toʻliq yuritmasi bilan jihozlangan. Superkar ASF platformasiga asoslangan boʻlib, unda uglerod tolasi keng qoʻllangan: bu material konstruksiyaning qattiqligini oshirishi kerak.

Avtomobilning orqa qismida uch bosqichli, chiqariladigan antik qanot koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, mashina Formula-1 bolidlarida qoʻllanadigan DRS tizimiga oʻxshash tizim bilan jihozlangan. Manbada Nuvolari Audi tarixidagi eng qudratli avtomobil deb ataladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media