Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

Model Yer hayotsiz ham moʻtadil iqlimni saqlab qolishi mumkinligini koʻrsatdi

Astrobiologlar hisob-kitobiga koʻra, Yerga oʻxshash parametrlarga ega sayyora geologik jarayonlar tufayli 4,5 mlrd yil davomida hayot uchun yaroqli sirt haroratini saqlab turishi mumkin edi. Bunday sayyora atmosferasida kislorod ancha kam boʻlardi.

11-noyabr, 14:50По-русски

Read in English

Google Ai Studio

Samanta Gilbert-Yanizekning Vashington universitetidagi jamoasi yadro, mantiya, qobiq, okeanlar va atmosferadagi jarayonlarni yagona modelda birlashtirdi. Tadqiqotchilar sayyoraning 50 mln yoshidan 5 mlrd yoshigacha boʻlgan rivojlanishini kuzatdilar. Model parametrlari sanoatgacha boʻlgan Yer haqidagi maʼlumotlar asosida tanlandi. Bunda sirt harorati, okean massasi va mantiyadan chiqadigan issiqlik oqimi kabi 19 ta koʻrsatkichdan foydalanildi.

Modelda iqlimni barqarorlashtirishning asosiy mexanizmi karbonat-silikat sikli boʻlib chiqdi. Vulkanlar karbonat angidrid chiqaradi, togʻ jinslarining nurashi va okeandagi jarayonlar esa uni bogʻlashga yordam beradi. Hisob-kitoblarga koʻra, bu sikl sirt haroratini hayot uchun yaroqli diapazonda ushlab turgan, garchi Quyoshning yorqinligi 4,5 mlrd yil davomida taxminan 30 foizga oshgan boʻlsa ham.

Tadqiqot Geya gipotezasidagi savollardan biriga aniqlik kiritadi: iqlimni uzoq muddat barqarorlashtirish uchun tirik organizmlar zarurmi? Ushbu modelda bu vazifani geologik jarayonlar bajargan. Haqiqiy biosferaning Yer iqlimi barqarorligiga qoʻshgan hissasi esa alohida masala boʻlib qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media