Starshipʼga sunʼiy yoʻldosh yuklaydigan Starlink Speed Loader namoyish etildi
Starlink Speed Loader Starfactory majmuasidan chiqib, Ship 42 tomon yoʻl oldi. U Ship 42 yuk boʻlimiga 26 ta Starlink V3 yoʻldoshini yuklaydi.
13-noyabr, 00:21По-русски

ixbt.com
Qurilma yangi avloddagi yirik sunʼiy yoʻldoshlarni bevosita Starship yuk boʻlimiga tezkor yuklash uchun ishlab chiqilgan. Orbitaga chiqqach, apparatlar SpaceX sunʼiy yoʻldoshlar guruhini toʻldirishi kerak.
Tizimning koʻchirilishi Starshipʼning boʻlajak sinov parvoziga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda. Yoʻldoshlarni tashuvchi sifatida Ship 42 ishtirok etadi, birinchi bosqich — Booster 22 tezlatkichi esa uchirishga allaqachon tayyorlangan.
Start dastlab 2026-yil 13-noyabrdan 14-noyabrga oʻtar kechaga belgilangan. Parvoz davomida har ikki bosqichni Yerga qaytarish rejalashtirilgan.





