Adobe AI yordamchisi fon rejimida ishlashni oʻrganmoqda, Google koʻmaklashmoqda
Adobe Firefly AI Assistant uchun fonda ishlay oladigan agentlarni eʼlon qildi; beta 2027 yil boshida kutilmoqda. Kompaniya Google bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Foydalanuvchi muayyan ijodiy jarayon uchun agentni tanlashi, vazifalari va maqsadini sozlashi, ishga tushirishdan oldin rejasini tekshirishi mumkin boʻladi. Shundan soʻng agent fon rejimida ishlashda davom etib, zarur amallarni takrorlaydi, afzalliklarni hisobga oladi va kerak boʻlsa qaror yoki tasdiq soʻraydi.
Adobe bir necha haftalik videoloyihani misol keltiradi. Agent kelayotgan materiallarni tizimlashtirishi, dublikatlarni oʻchirishi, kamera titrashi yoki ovoz bilan bogʻliq muammolarni belgilashi mumkin boʻladi. Ish jarayonini kuzatish va natijalarni tasdiqlash Fireflyʼdagi yagona ekran orqali mumkin boʻladi.
Firefly AI Assistantʼda Plan Mode ham paydo boʻladi. U agent rejasini tahrirlash va tasdiqlash yoki agentga mustaqil ishlashni topshirish imkonini beradi. Model Selector sessiya uchun model tanlash yoki Auto-Selectʼni yoqish imkonini beradi. Shuningdek, formatlar, ranglar, brend yoʻriqnomalari, personajlar va mahsulotlarni bir marta belgilab, keyingi loyihalarda qoʻllash mumkin boʻladi.
Kengaytirilgan hamkorlik doirasida Acrobat Google Drive va Gmail orqali Google Workspaceʼda mavjud boʻladi: ilova fayllarni oldindan koʻrish oynasida «Edit with» opsiyasi bilan taklif etiladi. Adobe Google modellarini Acrobatʼning sunʼiy intellekt vositalariga qoʻshadi, Gemini va Gemini Enterprise bilan integratsiyalarni kengaytiradi hamda ijodiy vositalarini Google Searchʼdagi AI Modeʼga ulaydi.
Adobe foydalanuvchilari hozir uning mahsulotlarida Gemini, Veo va Nano Banana modellaridan foydalanishi mumkin. Kompaniyalar Googleʼning tasvir va video uchun yangi modellari Firefly, Photoshop, Premiere va Adobe Expressʼda paydo boʻlishda davom etishini maʼlum qildi. Adobe va Google DeepMind, shuningdek, Photoshop uchun deyarli bir zumda tahrirlashni taʼminlashi mumkin boʻlgan maxsus modelni oʻrganmoqda.





