Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi

BYD Guanchjou avtosalonida Whale modelini taqdim etdi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, minivenning elektr versiyasi CLTC sikli boʻyicha 900 km gacha yura oladi.

27-noyabr, 11:41По-русски

Read in English

carnewschina.com

Whale BYDʼning Ocean turkumidagi ilk koʻp maqsadli avtomobil boʻldi. Minivenning uzunligi 5270 mm, eni — 1996 mm, balandligi — 1815 mm, gʻildirak bazasi esa 3130 mmni tashkil etadi. Model turkumdagi boshqa avtomobillar uslubidagi dizaynga va tomga oʻrnatilgan lidarga ega boʻldi. Interyer hozircha oshkor etilmadi, biroq avtomobil 2+2+3 sxemasi boʻyicha yetti oʻrinli variantda taklif qilinishi mumkin.

Xitoyda miniven ikki xil variantda sotuvga chiqariladi: elektr quvvatida 400 km yurish zaxirasiga ega plug-in gibrid hamda CLTC boʻyicha 900 km gacha yuradigan toʻliq elektr versiya. Akkumulyatorlar va boshqa texnik xususiyatlar haqidagi maʼlumotlar hozircha eʼlon qilinmagan. Har ikki modifikatsiya tezkor quvvatlash funksiyasiga ega boʻladi: quvvat 10 foizdan 97 foizgacha toʻqqiz daqiqada toʻldiriladi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Whaleʼning Xitoydagi savdolari 2027-yilning birinchi choragida boshlanadi. Taxminiy narxi qariyb 42 000 dollarni tashkil etadi. Avtomobil Godʼs Eye haydovchiga yordam berish tizimi bilan jihozlanadi: BYD taʼrifiga koʻra, tizim bir manzildan boshqasigacha yoʻnalish tuzishi va haydovchi nazorati ostida avtomobilni mustaqil boshqarishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media