Sem Altman uy kompyuterlaridagi xotira haqidagi gaplarini izohladi
OpenAI rahbari Sem Altman odamlarda koʻp operativ xotira boʻlishini istashini, ammo xotirani birgalikda ishlatish samaraliroq ekanini aytdi.

Oʻtgan oy oxirida Altman dunyodagi cheklangan DRAM zaxiralarining salmoqli qismi uy kompyuterlariga oʻrnatilgani va undan atigi 5 foiz vaqt foydalanilayotgani haqidagi soʻzlari uchun tanqid qilindi.
Endi u shaxsiy xotiradan voz kechishga chaqirmaganini tushuntirdi. Uning aytishicha, odamlar koʻp operativ xotira sotib olib, uni kompyuterlariga oʻzlari oʻrnatishlari kerak; u uy sharoitidagi tajribalarni ham foydali mashgʻulot deb biladi. Shu bilan birga, Altman xotiradan birgalikda, jumladan sunʼiy intellekt vazifalari uchun foydalanish samaraliroq, deb hisoblaydi. Bu xotiraning chekka qurilmalarda bekor turib qolishiga yoʻl qoʻymaydi.
OpenAI rahbari xotiraning keng koʻlamli tanqisligi haqidagi avvalgi prognozini ham eslatdi. Uning qayd etishicha, DRAM narxlari 5 yoki 7 baravar oshishi mumkin. Hozirgi inqirozning asosiy sabablaridan biri hanuz sunʼiy intellekt serverlari talabi boʻlib qolmoqda: ishlab chiqarishni kengaytirish vaqt talab qiladi, quvvatlarni haddan tashqari tez oshirish esa ishlab chiqaruvchilar uchun xatar tugʻdiradi.





