Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Huawei titan korpusli va tez quvvatlanuvchi Watch Airʼni taqdim etdi

Watch Air korpusi 6,9 mm qalinlikda, sotuvlar 4-dekabrda 2500 yuan narxda boshlanadi.

25-noyabr, 15:12По-русски

Read in English

ixbt.com

Huawei bugungi kungacha ishlab chiqargan eng yupqa aqlli soati — Watch Airʼni taqdim etdi. Korpus TC4 titan qotishmasidan yaxlit ishlov berish usulida tayyorlangan boʻlib, qora, kumushrang va tillarang ranglarda, turli tasma variantlari bilan taqdim etiladi.

Qurilma kvadrat AMOLED ekranga ega va HarmonyOSʼda ishlaydi. Soat Huaweiʼning smartfonlari, planshetlari, quloqchinlari hamda boshqa qurilmalari bilan oʻzaro ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi, displeyning yangilanish chastotasi esa LTPO 2.0 texnologiyasi yordamida moslashtiriladi.

Sogʻliqni kuzatish funksiyalari Watch 6 imkoniyatlariga yaqin: soat organizm holatini tezkor tekshiradi, siydik kislotasi darajasi oshishi va diabet xavfini baholaydi, shuningdek, koʻrsatkichlarni tahlil qilish va oʻzgarishlarni kuzatish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi. Sport funksiyalari Watch GT 7 Pro imkoniyatlari bilan taqqoslanadi.

Kremniy miqdori yuqori boʻlgan elementlarga ega yangi batareya odatiy foydalanishda besh kungacha ishlashni taʼminlaydi. Huawei bayonotiga koʻra, simsiz tezkor quvvatlash 10 daqiqada bir kunlik energiya zaxirasini toʻldirish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media