Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

OpenAI professionallar uchun GPT-6.2 Astra va kundalik vazifalar uchun GPT-6.2 Solʼni taqdim etdi

Har ikki model ChatGPTʼda va API orqali mavjud

18-noyabr, 09:23По-русски

Read in English

3dnews.ru

GPT-6.2 Astra tariflari 1 mln kirish tokeni uchun $8, 1 mln keshlangan kirish tokeni uchun $0,40 va 1 mln chiqish tokeni uchun $40 ni tashkil etadi. GPT-6.2 Sol uchun esa avvalgi versiyadagi stavkalar saqlanib qoldi — mos ravishda $2, $0,10 va $10.

OpenAI maʼlumotlariga koʻra, Astra hujjatlar tayyorlash, maʼlumotlarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar, dasturlash va 3D-modellashtirish boʻyicha natijalarni yaxshilagan. Agents’ Last Exam testida u GPT-6 Astraʼdan 5,2 foizga yaxshi natija koʻrsatib, topshiriqlarni bajarishga mablagʻning uchdan biridan kamini sarflagan. Sol FrontierCode 2.0’da Astraʼdan 0,5 foizdan kam farq bilan ortda qoldi, biroq undan foydalanish taxminan besh baravar arzonga tushdi.

Har ikki model ChatGPT Plus, Pro, Enterprise va Edu foydalanuvchilari uchun ChatGPT Work va Codex orqali, ishlab chiquvchilar uchun esa API orqali mavjud. OpenAI potensial xavfli soʻrovlarga qoʻyilgan cheklovlarni ham kuchaytirdi: har ikki model kiberxavfsizlik boʻyicha «kritik», biologiya va kimyo boʻyicha esa «yuqori» darajaga ega boʻldi. Astra kompaniyaning ommaviy foydalanishdagi modellari orasida AI Self-improvement mezoni boʻyicha «yuqori» darajaga erishgan birinchi model boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media