Mark Andreessen: AI optimistlar ham, pessimistlar ham kutganini oqlamaydi
San-Fransiskodagi Federal rezerv konferensiyasida ishchi guruh hamraisi Mark Andreessen AI optimistlar ham, pessimistlar ham kutganini oqlamasligini aytdi.

Andreessenning fikricha, sunʼiy intellekt qatʼiy tartibga solinadigan sohalarni tezda oʻzgartira olmaydi. U sogʻliqni saqlash, taʼlim, uy-joy, huquq va davlat boshqaruvini sanadi. Mashina tibbiy litsenziya ololmaydi, dori yozolmaydi yoki yuridik amaliyotga qoʻyilmaydi. Shu bois bu sohalarda xizmatlar taklifi cheklanganicha qoladi.
Uning baholashicha, texnologiyalar elektronika, media va ommaviy tovarlar ishlab chiqarishida tezroq joriy etiladi. Bu sohalarda narxlar pasayishi mumkin, ammo ularning iqtisodiyotdagi ulushi qisqaradi. Qimmatroq “sekin” tarmoqlar esa xarajatlarning kattaroq qismini egallaydi. Natijada unumdorlik va iqtisodiy oʻsish sust boʻlishi, turgʻunlik davom etishi mumkin.
Ishchi guruh Federal rezervga maslahat beradi va yangi texnologiyalar, jumladan, oʻta intellektning oʻsish, narxlar va bandlikka taʼsirini baholashi kerak. Tavsiyalarni yil oxirigacha pul-kredit siyosati qoʻmitasiga taqdim etish rejalashtirilgan. Federal rezerv rahbari Kevin Uorsh avvalroq uchta ssenariyni aytgan: AI bandlik yuqori darajada saqlangan holda unumdorlikni oshirishi, yetarli ish oʻrni yaratmay turib oʻsishni tezlashtirishi yoki yirik investitsiyalardan soʻng kutilgan natijani oqlamasligi mumkin. Andreessen oʻzini optimist deb atab, natija texnologiya imkoniyatlari bilan birga hukumat qarorlariga ham bogʻliqligini taʼkidladi.





