OpenAI sobiq tadqiqotchisi ulushidan tushadigan daromadni sunʼiy intellekt xavfsizligiga yoʻnaltiradi
OpenAI sobiq tadqiqotchisi Jeykob Kokson kompaniyadagi oʻz ulushini sotishini, undan tushadigan mablagʻni esa sunʼiy intellekt xavfsizligi loyihalariga yoʻnaltirishini maʼlum qildi.

Kokson OpenAIʼda 2023-yildan 2026-yilgacha ishladi, keyin Anthropic kompaniyasiga oʻtdi va yaqinda u yerdan ketdi. Endi u superintellektual sunʼiy intellektni ishlab chiqishga tanaffus berish yoki uni keskin sekinlashtirish tarafdori. Uning fikricha, qolgan choralar eʼtiborni chalgʻitadi.
Ulushini sotish OpenAI birjaga chiqqanidan keyin unga kelishi mumkin boʻlgan millionlab dollarlik foydadan mahrum qilishi ehtimol. Kompaniya bosh direktori Sem Altman avvalroq bunday joylashtirish yaqinlashayotganini aytgan edi.
Sentabr oyida Kokson OpenAI va Anthropic insonlar hayotini xavf ostiga qoʻyayotganidan ogohlantirgan. Shuningdek, u rekursiv oʻzini oʻzi takomillashtirishga cheklovlar kiritilishini talab qilmoqda — bu modellar oʻzlarini oʻzlari oʻqitadigan jarayondir. Stenforddagi chiqishida Kokson oʻz ulushini «qonli pullar» deb atagan, biroq oʻsha paytda undan voz kechishga tayyor emas edi.





