Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

«Voyajer-1» Yerga tegishli qurilmalar orasida birinchi boʻlib bir yorugʻlik kuni masofasiga yetdi

NASA hisob-kitoblariga koʻra, 18 noyabr kuni «Voyajer-1» Yerdan qariyb 25,9 milliard kilometr uzoqlashdi — bu masofani radio signali 24 soatda bosib oʻtadi.

19-noyabr, 06:14По-русски

Read in English

habr.com

Qurilma bu marraga Toshkent vaqti bilan soat 15:16 da yetdi. Inson yaratgan boshqa hech bir obyekt ilgari Yerdan bunchalik uzoqlashmagan. Taqqoslash uchun, Quyoshdan Yerga yorugʻlik taxminan sakkiz daqiqa-yu 20 soniyada yetib keladi.

Bunday masofa aloqa kechikishini ham belgilaydi. Yerdan yuborilgan buyruq zondga taxminan bir sutkada yetib boradi, javob signali uchun ham shuncha vaqt kerak boʻladi. Shu sababli muhandislar yuborilgan koʻrsatma natijasini taxminan ikki sutkadan keyin bilib olishadi.

«Voyajer-1» 1977 yilda uchirilgan. Oradan qariyb yarim asr oʻtganiga qaramay, u radioaloqa kanali orqali maʼlumot uzatib, ilmiy ishlarini davom ettirmoqda. Uning kameralari 1990 yilda soʻnggi suratlar turkumi olingach oʻchirib qoʻyilgan. Bu suratlar orasida Yerning «Xira moviy nuqta» nomi bilan mashhur fotosurati ham bor edi.

Dasturning ikkinchi apparati — «Voyajer-2» uchirilgach, boshqa trayektoriya boʻylab yoʻl oldi va Uran hamda Neptunni tadqiq qildi. NASA hisob-kitobiga koʻra, u Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga 2035 yil noyabrida yetib boradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media