Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

NASA XKSga “Soyuz” kemalarida parvozlar davom etishini tasdiqladi

NASA va “Roskosmos” Xalqaro kosmik stansiyaga oʻzaro parvozlar toʻgʻrisidagi kelishuvni uzaytirdi. Amerikalik astronavtlar Rossiyaning “Soyuz” kemalarida, rossiyalik kosmonavtlar esa Amerikaning boshqariladigan kosmik kemalarida parvoz qilishda davom etadi.

12-noyabr, 23:22По-русски

Read in English

3dnews.ru

Dastur davom ettirilishi haqida NASA vakili Joshua Finch TASSga maʼlum qildi. Bunday tartib XKSning Rossiya va Amerika segmentlarida tegishli mutaxassislarni saqlab qolishga yordam beradi. Hatto kemalardan biri navbatdagi ekipajni olib kela olmasa yoki Yerga muddatidan oldin qaytishiga toʻgʻri kelsa ham, bu imkoniyat saqlanadi.

Har bir segmentda ishlash uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladigan uskunalar mavjud. Oʻzaro parvozlar stansiyada taʼmirlash ishlarini bajarishi yoki uning tashqarisida vazifalarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan mutaxassislar qolmasligi xavfini kamaytiradi.

Kelishuv oʻzaro toʻlovlarni nazarda tutmaydi. U ekipajlarni stansiyaga olib borish va qaytarish, parvozoldi tayyorgarligi, parvozlarni boshqarish, shuningdek, qoʻndirish va qidiruv-qutqaruv operatsiyalari chogʻidagi koʻmakni qamrab oladi.

NASA va “Roskosmos” oʻzaro parvozlar toʻgʻrisidagi ilk kelishuvni 2022-yil iyulida tuzgan. 2026-yil oktabr oyi oxirida “Roskosmos” rahbari Dmitriy Bakanov dastur Amerika tomoni iltimosiga koʻra 2030-yilgacha uzaytirilganini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media