Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

GTA 6 — PlayStation Store va Microsoft Store tarixida oldindan buyurtmalar rekordi

Sony va Microsoft GTA 6 ni oʻz doʻkonlari tarixidagi eng koʻp oldindan buyurtma qilingan oʻyin deb atadi va 19 noyabrdagi jahon relizigacha uni yuklashga chaqirdi.

12-noyabr, 18:05По-русски

Read in English

ign.com

PlayStation Storeʼda oʻyinni oldindan yuklash allaqachon ochilgan. Sony misli koʻrilmagan talab sabab bu imkoniyatni relizdan toʻqqiz kun oldin taqdim etdi va oʻyinni bosqichma-bosqich ishga tushiradi: har bir mamlakatda 19 noyabr yarim tuni kirishi bilan. Qutida kod bilan sotiladigan versiya egalari uni olgan zahoti kodni faollashtirib, yuklashni boshlashi mumkin.

Sensor Tower maʼlumotlariga koʻra, GTA 6 oldindan buyurtmalar orqali allaqachon 9,69 mln ta «sotilgan» nusxani toʻplagan. Bu oʻyin Cyberpunk 2077 ni ortda qoldirib, mazkur koʻrsatkich boʻyicha yetakchiga aylanganini taxmin qilishga asos beradi. Take-Two kompaniyasi oldindan buyurtmalar hajmi dastlabki kutilmalaridan ancha yuqori ekanini bildirdi.

Microsoft ham oʻz doʻkonida GTA 6 rekord oʻrnatganini tasdiqladi. Oʻyin Xbox Series X va S uchun chiqadi, Xbox One egalari esa uni bulut xizmati orqali ishga tushira oladi. Kompyuter va mobil qurilmalar uchun versiyalar eʼlon qilinmagan. Yaqin oylar ichida Xbox Cloud Gaming xizmatiga Rockstarʼning boshqa oʻyinlari, jumladan Grand Theft Auto 5 va Red Dead Redemption 2 ham qoʻshiladi.

Konsollarda GTA 6, jumladan Xbox Series Sʼda ham, soniyasiga 30 kadr tezlikka moʻljallangan. PS5 versiyasida DualSense kontrolleri dinamigi, taktil qaytish va moslashuvchan triggerlardan foydalaniladi; bu funksiyalar maxsus imkoniyatlar sozlamalarida moslashtirilishi mumkin. Oʻyin Tempest 3D Audio hajmli ovozini hamda konsol SSDʼsi hisobiga tezlashtirilgan yuklanishni qoʻllab-quvvatlaydi. PS5 Pro uchun yaxshilangan detallashtirish, PSSR texnologiyasi va soyalar uchun ray tracing eʼlon qilingan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media