Metaʼning Muse AI-agenti suhbatlarni aralashtirib, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilmoqda
Meta xodimlarining aytishicha, Muse AI-agenti ayrim holatlarda turli akkauntlardagi maʼlumotlarni aralashtirib yuborgan va foydalanuvchilarga boshqa odamlarning shaxsiy maʼlumotlarini koʻrsatgan. Bu haqda Reuters surishtiruvida aytiladi.

Reuters Meta kompaniyasining ichki xabarlarini oʻrgandi. Ularda xodimlar Museʼdagi nosozliklarni tasvirlagan. Ularning soʻzlariga koʻra, foydalanuvchilar bolalar haqidagi soʻrovlarni, kasb boʻyicha maslahatlarni va oʻzlari bermagan buyurtmalarni, shuningdek, boshqa odamlarning bank hisoblaridagi qoldiqlarni koʻrgan.
Holatlardan birida agent ob-havo va suv qalqishi haqidagi yozishmaga boshqa kishiga tegishli Capital One va Charles Schwab hisoblari maʼlumotlari keltirilgan xabarni qoʻshgan. Boshqa bir xodimaga esa Muse shaxsiy telefonida Signalʼdagi opasi yoki singlisiga javob berishni eslatgan — Signal uchdan uchigacha shifrlashga ega ilova. U hamkasblariga agentga boshqa ilovalarga kirish huquqini bermaganini va undan bu haqda soʻralganini eslamasligini yozgan.
Muse sentyabr oyida ishga tushirilgan. 10 mln dan ortiq yuklab olingani uni eng tez oʻsayotgan ilovalardan biriga aylantirdi. Meta izoh soʻrab yuborilgan murojaatga darhol javob bermadi.





