Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Starlink Mini 2 almashtiriladigan akkumulyatordan 4,5 soatgacha ishlay oladi

SpaceX almashtiriladigan batareyaga ega portativ sunʼiy yoʻldosh interneti terminalini taqdim etdi. AQShda bir yillik aloqa xizmati kiritilgan toʻplam taklifnoma asosida $999 ga taklif qilinmoqda.

12-noyabr, 19:00По-русски

Read in English

3dnews.ru

Starlink Mini 2 sunʼiy yoʻldosh antennasi, ichki Wi‑Fi routeri va yechib olinadigan akkumulyatorni birlashtiradi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, bir marta quvvatlanganda u 4,5 soatgacha ishlaydi. Rozetkadan uzoqda ishlash vaqtini uzaytirish uchun batareyani almashtirish yoki terminalni USB‑C orqali 60 Vt quvvatga ega tashqi manbaga ulash mumkin.

3DNews maʼlumotlariga koʻra, korpus yupqaroq boʻlgan: uning qalinligi birinchi Starlink Miniʼdagi 38,5 mm oʻrniga 23,1 mm ni tashkil etadi. Yangi terminalning ogʻirligi taxminan 1,6 kg. Chang va suvdan himoyalanish darajasi IP67 darajasida saqlanib qolgan.

$999 lik toʻplamga terminal, bitta akkumulyator va Roam Unlimited tarifidan bir yil foydalanish kiradi. Hozircha oldindan buyurtma faqat AQShdagi ayrim mijozlar uchun ochilgan. Kompaniya boshqa mamlakatlarda sotuvlar qachon boshlanishini aytmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media