Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Reddit AI yordamida foydalanuvchilar muhokamalarini mahsulot sharhlariga aylantirmoqda

Reddit AI yordamida foydalanuvchilar muhokamalarini mahsulot sharhlariga jamlaydigan Reddit Reviews funksiyasini ishga tushirdi. U hozircha AQShdagi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

12-noyabr, 17:24По-русски

Read in English

techcrunch.com

Yangi vosita Redditʼning turli hamjamiyatlarida mahsulotlardan foydalanish boʻyicha shaxsiy tajribalarni birlashtiradi. Tizim foydalanuvchilarga nimalar yoqqani, qanday muammolarga duch kelishgani va xariddan oldin qaysi murosali jihatlarni hisobga olish kerakligini ajratib koʻrsatadi.

Sharhda «odamlar nima deyapti» sarlavhasi ostida qisqa xulosa, shuningdek ijobiy, salbiy va noaniq izohlarning vizual nisbati paydo boʻladi. Foydalanuvchi asl muhokamani ochib, u yerda savol berishi, maslahat olishi yoki izohlarni alohida mavzular boʻyicha filtrlashi mumkin.

Mahsulotni ilovaning qidiruv satri yoki izohda ajratib koʻrsatilgan nomi orqali topish mumkin. Sharhdan toʻliq toifaga oʻtib, boshqa mahsulotlarni solishtirish ham mumkin. Masalan, qahva mashinasini tanlashda Reddit uning egallaydigan joyi va yangi foydalanuvchilar uchun qulayligiga eʼtibor berishni taklif qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Funksiya fevralda AQShdagi foydalanuvchilar orasida elektronika, videooʻyinlar, shuningdek salomatlik va goʻzallik mahsulotlari toifalarida sinovdan oʻtkazila boshlandi. Sentabrda tajriba uy va bogʻ uchun mahsulotlar, kiyim-kechak hamda aksessuarlarga kengaytirildi. Hozir dastlabki versiya qariyb 10 000 ta mahsulotni qamrab oladi va iOS hamda Android ilovalarida, shuningdek veb-versiyada ishlaydi. Keyinroq Reddit yangi toifalarni qoʻshib, AQShdan tashqariga ham chiqishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya sharhlarning ishonchliligini platforma qoidalari, avtomatlashtirilgan suiisteʼmol va spamga qarshi choralar, shuningdek hamjamiyat moderatorlari yordamida saqlab turishini aytmoqda. Shu bilan birga, generativ AI rivojlanishi «astroturfing» — brendlar tomonidan jamoatchilik qoʻllovining sunʼiy koʻrinishini yaratish xavfini oshirmoqda. Ishga tushirish bayramlar oldidan xaridlar faollashadigan davrga toʻgʻri keldi.