Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Kiberxavfsizlik boʻyicha yetakchi ekspert: «Biz oʻchib-yonishlar davriga kirmoqdamiz»

Kiberhimoya eksperti Brett J. Goldstein zaif infratuzilma va sunʼiy intellekt uzilishlar ketma-ketligiga olib keladi, deb hisoblaydi. U yangilanish va akkaunt himoyasini kechiktirmaslikni tavsiya qiladi.

19-noyabr, 08:11По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Goldstein yaqindagi uzilishlar muvofiqlashtirilgan hujum ekaniga asos koʻrmaydi, ammo ularning jamlanmasini xavotirli deb ataydi. Uningcha, kompaniyalar yillar davomida raqamli infratuzilmani yetarlicha moliyalashtirmagan, sunʼiy intellekt esa ilgari aniqlash qiyin boʻlgan zaifliklarni tez topishga yordam bermoqda. Misol sifatida u PHPni — 1990-yillarda internet kodiga kiritilgan xatoni keltirdi.

Ekspert «oʻchib-yonishlar» davrini kutmoqda: bank ilovalari vaqtincha ishlamay qolishi, dorixonalar retseptlarni topa olmasligi, tizimlar uzilgani sabab maoshlar kechikishi mumkin. Uningcha, yaqin yillar qiyin yoki «haqiqatan ham yomon» boʻlishi mumkin. U tashkilotlarni tizimlarni hoziroq yangilashga chaqiradi.

Goldstein foydalanuvchilarga Chrome yangilanishlari va patchlarni oʻrnatish, ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish, murakkab parollar va kirish kalitlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Kompaniyalar uchun u nafaqat sunʼiy intellekt asosidagi yangi funksiyalarni, balki asosiy platforma ishonchliligini ham ustuvor deb biladi. Uningcha, sunʼiy intellekt vositalari paydo boʻlganidan keyin hujumlar ehtimoli oshgan: koʻplab nishonlarni bir vaqtda tekshirish uchun tajovuzkorga endi katta resurslar kerak emas.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media