Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Goldman Sachs 2028–2029-yillarda sunʼiy intellektning AQSh mehnat bozoriga taʼsiri sezilarliroq boʻlishini kutmoqda

Goldman Sachs iqtisodchilari ishdan boʻshatishlar darajasi yana bir yil pastligicha qolishini, sunʼiy intellektning bandlikka sezilarliroq taʼsiri esa keyingi yillarda boshlanishini kutmoqda.

17-noyabr, 11:43По-русски

Read in English

fortune.com

Goldman Sachsning 2027-yilda AQSh iqtisodiyotiga oid prognozida aytilishicha, mehnat bozori hozircha ishga qabul qilish sust va ishdan boʻshatishlar kam boʻlgan davrni boshdan kechirmoqda. Ishsizlik nafaqasini olish uchun yangi arizalarning toʻrt haftalik oʻrtacha koʻrsatkichi 195 000 tani tashkil etmoqda — bu mazkur koʻrsatkich qayd etila boshlaganidan beri eng past daraja.

Bank sunʼiy intellektni joriy etishning sezilarli oqibatlari iqtisodiyot sekinlashganidan keyin namoyon boʻlishini hisoblamoqda. Goldman Sachs iqtisodchisi Jozef Briggs texnologiyalarga oʻtish jarayonida ishchilarning 9 foizigacha boʻlgan qismi ishidan siqib chiqarilishi mumkinligini baholagan. Uning fikricha, barqaror iqtisodiyotda avtomatlashtirish bandlikka kamroq taʼsir qiladi, ammo davriy iqtisodiy pasayish paytida bu jarayon tezlashadi.

Goldman prognozi 2027-yilda AQSh yalpi ichki mahsuloti 2,4 foizga oʻsishini koʻzda tutadi — bu konsensus bahosidan yuqori — va retsessiyani nazarda tutmaydi. Shu sababli bank ish oʻrinlarining ehtimoliy qisqarishini keyingi yillarga taalluqli deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, boshqa tadqiqotchilar butun iqtisodiyot boʻylab ishchilarning keng koʻlamda siqib chiqarilishini koʻrmayapti. Stenford raqamli iqtisodiyot laboratoriyasida taʼkidlanishicha, sunʼiy intellektning taʼsiri hozircha ishdan boʻshatishlar koʻpayishida emas, balki avtomatlashtirishga eng zaif boʻlgan lavozimlarga yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish qisqarishida kuchliroq namoyon boʻlmoqda. Tadqiqotchilar bu kuzatuvlar vaziyatni tasvirlashini, ammo sabab-oqibat bogʻliqligini isbotlamasligini taʼkidlamoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media