Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Prusa Autodesk Fusionʼni Printables va EasyPrint bilan integratsiya qiluvchi kengaytmani chiqardi

Prusa Autodesk Fusion uchun bepul plagin chiqardi: u muharrirni Printables va EasyPrint bilan bogʻlab, modelni topish, oʻzgartirish va chop etishga yuborish imkonini beradi.

18-noyabr, 18:57По-русски

Read in English

habr.com

Kengaytma Design ish maydoniga alohida Prusa panelini qoʻshadi. Open Printables buyrugʻi orqali foydalanuvchi tayyor 3D modelni topishi, qoʻllab-quvvatlanadigan faylni joriy loyihaga yuklashi va uning geometriyasini Fusion vositalari bilan oʻzgartirishi mumkin.

Send to EasyPrint buyrugʻi modelni brauzerda ishlaydigan sleyserga yuboradi. U yerda obyektni tekshirish, materiallar va chop etish sifatini tanlash, G-kod olish hamda topshiriqni Prusa Connect orqali mos printerga yuborish yoki faylni saqlash mumkin. Qolgan parametrlarni sleyser avtomatik tanlaydi.

Create Prusa Setup funksiyasi printer va chop etish profilini toʻgʻridan-toʻgʻri Fusionʼda tanlash imkonini beradi. Plagin loyiha jismlarini ishlab chiqarish modeliga birlashtiradi va Manufacture ish maydonini ochadi. Bu yerda tayanch konstruksiyalarni qoʻshish, obyektni qatlamlarga kesish va faylni tayyorlash mumkin.

Kengaytma Autodesk marketplaceʼida mavjud. U Prusa MK4S, CORE One+, XL va MINI modellarini qoʻllab-quvvatlaydi. EasyPrint bilan ishlash uchun Prusa hisob qaydnomasi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media