Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

«Kutilmalaringizdan oshishga harakat qildik»: Rockstar prezidenti GTA 6 haqida

Rockstar Games prezidenti Sem Hauzer kamdan-kam murojaatida jamoa kutilmalardan oshib ketishga, ham seriya muxlislarini, ham yangi oʻyinchilarni qiziqtirishga intilganini aytdi.

20-noyabr, 06:31По-русски

Read in English

championat.com

Yaqinlashib kelayotgan toʻliq reliz munosabati bilan oʻyinchilarga yoʻllagan murojaatida Hauzer jamoa koʻzlagan maqsadlar haqida soʻzladi. Uning soʻzlariga koʻra, Rockstar Games videooʻyinlar hikoya qilish vositasi sifatida nimalarga qodirligini koʻrsatishni va mustaqil olam sifatida qabul qilinadigan hikoya yaratishni istagan.

GTA 6 voqealari Leonida va zamonaviy Vays-Sitida kechadi. Hauzer oʻyinchilar hikoyani turlicha qabul qila olishlarini, uning rivoji va yakuni esa ularning harakatlariga bogʻliq boʻlishini taʼkidladi. Shuningdek, u auditoriyaga oʻyinlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

GTA 6 Yangi Zelandiyada allaqachon mavjud, boshqa hududlarda esa reliz 19-noyabr yarim tuniga rejalashtirilgan. Hindistonda oʻyinni Moskva vaqti bilan 21:30 da ishga tushirish mumkin boʻladi, Turkiya akkauntlari egalari esa Moskva vaqti bilan 0:01 da buni amalga oshira oladi. AQSh va Kanadada chiqish Moskva vaqti bilan 8:00 da boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media