Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Soʻrovda qatnashganlarning 80 foizi sunʼiy intellekt bilan unumdorlik oshganini, 37 foizi esa foydaga hissa qoʻshganini aytdi

McKinsey soʻrovida qatnashganlarning 80 foizi sunʼiy intellekt ularga unumliroq ishlashga yordam berayotganini, 37 foizi esa uning tashkilotlarining foizlar va soliqlar chegirilishidan oldingi foydasiga ijobiy hissa qoʻshayotganini aytdi.

16-noyabr, 20:21По-русски

Read in English

cartorg.com.ua

McKinsey 97 mamlakatdan 1 719 kishini soʻrovdan oʻtkazdi. Biznes maslahatchisi Luiza Loran Fortune uchun yozgan maqolasida bu tafovutni kompaniyalar qarorlar qabul qilishi va xodimlar ishini baholashi bilan izohlaydi. Sunʼiy intellekt ayrim vazifalarni bajarishga ketadigan vaqtni qisqartirishi mumkin, biroq moliyaviy samara kompaniya boʻshagan vaqtdan qanday foydalanishi va ish jarayonlarini oʻzgartirishga tayyormi-yoʻqmi, shunga bogʻliq.

Loran nomi oshkor etilmagan aviakompaniyani misol qilib keltiradi. Kompaniya ekipajlar jadvali, samolyotlar aylanishi, yoʻlovchilar ehtiyojlari va yer usti xizmatlari ishini hisobga oladigan rejalashtirish tizimini joriy qilgan. Dastlab dispetcherlar tizim tavsiyalarining taxminan yarmini qabul qilgan. 18 oy ichida bu ulush deyarli 100 foizga yetgan, biroq qarorlar qabul qilishning shakllangan tartibi sababli tizimni butun yoʻnalishlar tarmogʻiga yoyish jarayoni toʻxtab qolgan.

Yana bir misol — Diageo kompaniyasida reklama budjetini qayta taqsimlash. Maʼlumotlar reklama uchun qoʻshimcha xarajatlar qaysi paytda boshqa mamlakatda yaxshiroq natija berishi mumkinligini koʻrsatgan, ammo mablagʻlarni koʻchirish mahalliy rahbarlarning rejalarni bajarishi va mukofotlariga taʼsir qilgan. Loran bunday holatlarda haqning bir qismini kompaniyaning umumiy natijasiga bogʻlash kerak, deb hisoblaydi.

Maqola muallifining fikricha, xodimlar vaqt tejalishini yashirishi mumkin, chunki bu ularning lavozimlari qisqarishiga olib keladi, deb oʻylaydi. Loran rahbarlarga eskirgan cheklovlarni qayta koʻrib chiqishni, boʻshagan vaqt qaysi vazifalarga sarflanishini oldindan belgilashni va kundalik ishda sunʼiy intellektdan oʻzlari ham foydalanishni taklif qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media