Yangi MacBook Pro OLED ekranlarida 240 Hz PWM aniqlandi
Sinovlar yangi MacBook Pro OLED ekranlari 240 Hz chastotada PWMdan foydalanishini koʻrsatdi. Bu sezgir foydalanuvchilarda koʻz charchashi, bosh ogʻrigʻi va koʻngil aynishini keltirib chiqarishi mumkin.

Appleʼning yangi noutbuklarida PWM chastotasi OLED ekranli boʻlmagan zamonaviy MacBook modellaridagidan 60 baravar past boʻlib chiqdi. PWM yorqinlikni sozlash uchun ishlatiladi, past chastota esa bunga sezgir foydalanuvchilarda noqulaylik tugʻdirishi mumkin.
Soʻrovnomada 158 kishi qatnashdi, ulardan 54 nafari koʻzlarida zoʻriqish yoki noqulaylik sezganini bildirdi. Kichik tanlanma sababli natijalarni reprezentativ deb boʻlmaydi. Smartfonlar bilan taqqoslashda foydalanish davomiyligi ham muhim: noutbukdan deyarli tanaffussiz 6–8 soat foydalanish mumkin.





