Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

United AI-agentingizga reysingizni bron qilishga ruxsat bermaydi

United shaxsiy AI-assistentlarga chipta rasmiylashtirishga ruxsat bermaydi: kompaniya maʼlumotlar sizib chiqishi va yoʻlovchilar uchun axborot talablari buzilishidan xavotirda.

12-noyabr, 22:44По-русски

Read in English

theverge.com

Agentlar foydalanuvchilarga Unitedʼning mavjud reyslarini koʻrsatishi mumkin, biroq foydalanuvchilar nomidan bronni yakunlay olmaydi. Kompaniya bunday xizmatlar mijozlarning shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilishi yoki yoʻlovchi niyat qilmagan xaridga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.

Yana bir eʼtiroz aviakompaniyalarga qoʻyilgan talab bilan bogʻliq: yoʻlovchi bagajida portlovchi moddalar yoʻqligini tasdiqlashi kerak. United AI-agent bunday majburiy amallarni toʻgʻri bajara olmasligi va shu orqali belgilangan qoidalarni chetlab oʻtishi mumkinligidan xavotirda.

Kompaniya hozircha AI-agentlar orqali parvozlarni bron qilishga boʻlgan koʻp sonli urinishlarni kuzatmaganini bildirdi. United bosh direktori Skott Kirbi ham aviakompaniya va mijoz oʻrtasida qoʻshimcha vositachi paydo boʻlishiga qarshi chiqdi.

Ruxsatsiz agentlar uchun cheklovlarni boshqa kompaniyalar ham joriy qilmoqda. Manbaga koʻra, eBay ularga saytni koʻrish imkoniyatini cheklagan, bir nechta yirik bank esa ularga kirishni yopgan. United uchinchi tomon AI-servislari rivojlanishi bilan qarorini qayta koʻrib chiqishi mumkin, biroq avval akkauntlar va bronlar bilan ishlashda yoʻlovchilarni himoya qilishni taʼminlamoqchi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media