Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

Astronomiyaga qiziqasizmi? Kilonovalarni ovlovchi boʻling!

NASAning Kilonova Catcher loyihasi teleskopi va kamerasi bor havaskorlarni neytron yulduzlar toʻqnashuvidan keyin paydo boʻladigan, tez soʻnib ketadigan chaqnashlarni izlash va kuzatishga taklif qilmoqda.

26-noyabr, 18:45По-русски

Read in English

Annatsach / Wikimedia Commons

Kilonova chaqnashlari halok boʻlgan yulduzlarning oʻta zich qoldiqlari — neytron yulduzlar toʻqnashganda yuzaga keladi. Ular bor-yoʻgʻi bir necha kun davom etadi. Shu sababli tarmoq ishtirokchilari gravitatsion detektorlar yoki kosmik teleskoplardan signal kelgach, teleskoplarini tezda osmonning kerakli qismiga yoʻnaltiradi.

Loyihada bir necha qitʼadan 150 nafardan ortiq astronomiya havaskori qatnashmoqda. Ular professional tadqiqotchilar bilan birga 64 dan ortiq rasmiy xabarga hissa qoʻshgan, ayrim koʻngillilar esa ilmiy ishlarning hammuallifi sifatida koʻrsatilgan. Tarmoq gamma nurlari chaqnashlari va boshqa qisqa muddatli kosmik hodisalarni ham kuzatadi.

Kilonova Catcher ishtirokchilari Artemis II missiyasi vaqtida NASAning Impact Flash! loyihasiga yordam bergan va Nancy Grace Roman kosmik teleskopidan keladigan yangi signallarni kuzatishga tayyorlanmoqda. Kamerali teleskopdan foydalanish imkoniga ega har qanday kishi loyihaga qoʻshilishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media